TURKISTON MA’RIFATPARVARI HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING (1889-1929) XOTIN –QIZLAR TA’LIMI HAQIDA QARASHLARI
Referat
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ayollar ta’limi o‘ziga xos rivojlanish jarayonlarini boshdan kechirgan. Ushbu davrda ta’lim va madaniyat sohasida amalga oshirilgan islohotlar xotin-qizlarni ta’lim olishga yo‘naltirish va ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur davrda ilm ziyolilari o‘z asarlarida xotin – qizlarning ta’limi haqida o‘z fikr mulohazalarini she’rlarida va maqolalarida ham yoritib o‘tganlar. Jumladan Turkiston ma’rifatparvari Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘zining ko‘plab she’rlarida, maqolalarida xotin-qizlar masalasi, ayollar ta’limi haqida toʻxtalib o‘tgan. U zamondoshlariga oʻz qizlarini oʻqitishni, qizlar ham iqtidorda erkaklardan qolishmasligini, ular uchun yangi usul maktablari qurish kerakligini ta’kidlab oʻtgan.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Тўла асарлар тўплами. Биринчи том. Шеърлар, педагогик рисолалар, насрий асарлар. – Тошкент: “Фан”, 1988. – B.196.
Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Тўла асарлар тўплами. Иккинчи том. Шеърлар, педагогик рисолалар, насрий асарлар. – Тошкент: “Фан”, 1988. – B.164.
Tilavova Sh. Hamza Hakimzoda Niyoziyning xotin – qizlar ta’limi haqidagi qarashlari // Turkiston tаrаqqiypаrvаrlаri merosi: tаrixiy tаjribа vа milliy o‘zlik” mavzusidagi xalqaro – ilmiy konferensiya. – Buxoro: “Bukhara Hamd – print” nashriyoti. 2025-yil 12 – mart. – B.166.
Izbullayeva, G. (2022). Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. /darslik/ Gulchehra Izbullayeva. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona. –B.215 – 216;
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hamza_Hakimzoda_Niyoziy
Xonqulov Shavkatjon Xursandaliyevich.Hamzashunoslik tarixining tadrijiy rivojlanish bosqichlari. Fargʻona. 2024. – B.7-18.
Davronov A. Hamzashunoslik tarixi va uning tadrijiy takomili. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya. –B.71.