NURALI QOBUL HIKOYALARIDA ROVIY USLUBI VA UNING BADIIY VAZIFASI

TO'LIQ MATN:

Referat

Badiiy asarlarda til va hikoyachi obrazi muhim o‘rin tutadi.           Hikoyachi – voqealarni tasvirlashda asosiy vosita bo‘lib, u asarning tarkibiy va badiiy qiymatini belgilaydi. Hikoyachi voqealarni nafaqat tasvirlaydi, balki o‘quvchiga ma’lum bir munosabatni ham yetkazadi. Uning nutqi, uslubi va voqealarga yondashuvi asar mazmuniga ta’sir qiladi. Shu bois, hikoyachi obrazi har bir badiiy asarning muhim qismi hisoblanadi.Nurali Qobul hikoyalarida hikoyachi obrazi va uning uslubi katta ahamiyatga ega. Uning asarlarida hikoyachi turli shakllarda namoyon bo‘lib, voqealarni turli nuqtayi nazarlardan yoritadi. Ba’zan betaraf hikoyachi sifatida, ba’zan esa shaxsiy munosabatini bildiruvchi hikoyachi sifatida chiqadi. Shuningdek, ijtimoiy muammolar va insonparvarlik g‘oyalarini yoritishda ham hikoyachi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada hikoyachi obrazining xususiyatlari, tasvir uslublari va ijtimoiy mazmuni tahlil qilinadi. hikoyadagi voqeani tasvirlashda roviy obrazi, yetakchilikka ega.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari: muallif. janr, xronotop. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. – 356 b.

Yo‘lchiyev Q. Nurali Qobulning prozaik mahorati.– Toshkent: Ma’rifat bitiklari, 2021. – 252b .

Kollektiv. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik. 1 tom. Adabiy asar. – Toshkent: Fan,1978. – 416 b.

Ikromxonova F. O‘zbek va AQSH inglizzabon nasrida tarixiy asar poetikasi (kompozitsiya va obraz). Filolog. fan. doktori (DSc) dissert., 2021. – 255 b.;

To‘ychiyev A. Nurali Qobul nasri poetikasi (hikoya va qissalari misolida)” filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktor(phd)lik dissertatsiyasi. – Guliston, 2022. – 147 b.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Aida Muratovna, T. (2025). NURALI QOBUL HIKOYALARIDA ROVIY USLUBI VA UNING BADIIY VAZIFASI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(3). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/2404
Ko'rishlar soni: 0