O‘ZBEK TILIDAGI YORDAMCHI SO‘ZLARNING LINGVISTIK TIZIMDAGI O‘RNI: FUNKSIONAL VA PRAGMATIK YONDASHUV
Аннотация
Mazkur tadqiqot o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlarning til tizimidagi o‘rnini, mustaqil so‘zlar bilan munosabatini, tarixiy rivojlanishini va funksional hamda pragmatik xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda formal, substantsial va diskursiv tahlil usullari qo‘llanilib, yordamchi so‘zlarning gap tuzilishi va semantik–grammatik hamda pragmatik rollari aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bu so‘zlar til tizimining uyg‘unligini saqlash va nutqda muallifning niyatini, intonatsiya va stilistik xususiyatlarini aks ettirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot yordamchi so‘zlarni yagona, birlashtirilgan model asosida tasniflash va tahlil qilish uchun yangi metodologiyani taklif etadi, bu esa kelgusidagi tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo‘ladi. Maqolada yordamchi soʼzlarning semantik-uslubiy xususiyatlari bilan birga ulardagi maʼnoviy mushtaraklik, funktsional chegaralanish, diskursiv semantik-stilistik umumiylik va farqlanishlari, bir-birini almashtirish va bir-biriga zidlanish hodisalari substantsiallikni pragmatizm bilan bogʼlagan usulda tahlil qilingan. Yordamchi soʼzlarning ichki guruhlanishi, yaʼni koʼmakchi, bogʼlovchi va yuklamalarga ajratilishi, ularning umumiy integral (birlashtiruvchi) va har bir guruhning xususiy farqlovchi (differentsial) semantik-funktsional belgilari oʼz tavsiflangan. Yordamchi soʼzlarning boshqa turkum soʼzlardan farqli tomonlari aniqlangan. Nutqda mustaqil va yordamchi soʼz sifatida qoʼllanilishi mumkin boʼlgan juda katta miqdordagi gibrid soʼzlar (ot-koʼmakchi, ravish-koʼmakchi, sifat-koʼmakchi, koʼmakchi feʼllar, nisbiy soʼzlar v.h) ajratilib, hozirgi oʼzbek adabiy tilida qoʼllanilishi sabablari tavsiflangan. Mustaqil soʼzlarning yordamchi soʼzlar turkumiga oʼtish qonuniyatlari aniqlashtirilib, til taraqqiyoti silsilasida yordamchi soʼzlarning nafaqat semantik va grammatik, balki funktsional-stilistik hamda substantsial-pragmatik imkoniyatlarining ham kengayib borayotganligi, grammatik vosita boʼlish doirasidan tashqariga chiqib, oddiy axborot yoki maʼlumot berishdan taʼsirchanlikka, mavhumlikdan aniqlikka qarab borishdagi muhim uslubiy vosita hisoblanayotganligi, yordamchi soʼzlarga pragmalingvistikaning predmeti va obʼekti sifatida qarab, ularning ogʼzaki va yozma nutqdagi emotsional-ekspressiv maʼno ottenkalari aniqlangan hamda pragmatik mohiyati ochib berilgan.
Об авторах
Список литературы
Bakhronovich, P.A. (2020). Pragmatic approach to functional words analysis in uzbek language.
Félix-Brasdefer, J.C. (2015). The Language of Service Encounters: A Pragmatic-Discursive Approach.
Bakhronovich, P.A., & Imamkulovich, O.B. (2020). The Importance Of Functional Words Categories In Uzbek Language And Their Lingvo-Pragmatic Analysis. The American Journal of Social Science and Education Innovations.
Kurbanova, M., Sayfullina, F., & Karimova, Z. (2021). “PRAGMATIC INTERPRETATION OF WORD-SENTENCES IN UZBEK LANGUAGE”.
Rahmatova, H. N. (2022). Expression of the meaning of enhancement in auxiliary words. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(8), 27–30. https://doi.org/10.5958/2249-7315.2022.00371.9
Davlatova, R. H. (2020). Pragmatic analysis of the linguistic concept of person-referencing deixis and pronouns referring to it in the uzbek language. 7(5), 350–354. https://www.bibliomed.org/?mno=98129
Mansurova, T. (2024). O‘zbek va rus tillarida fe’l bog‘lovchilarni qo‘llash imkoniyatlari. 4(55), 34–37. https://doi.org/10.69691/zwc4rz02
Как цитировать

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.