SO‘Z O‘YINLARINING PRAGMATIK TAHLILI
Аннотация
Jahon tilshunosligida matnni antropotsentrik nuqtayi nazardan talqin etish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash bilan birga, ularni ilmiy jihatdan maxsus tadqiq etish, ayniqsa, xalqlarning kulgi qo‘zg‘atuvchi vositalari, latifalari, askiyachilik va qiziqchilik san’ati, so‘z o‘yinlarini o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Turli xalqlar yumorining lingvostilistik xususiyatlarini izohlash, so‘z o‘yinlari matnining semantik-stilistik imkoniyatlarini aniqlash, so‘z ustalari nutqining ifoda imkoniyatlarini ochib berish soha rivojini ta’minlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda, ushbu maqolada o‘zbek milliy so‘z o‘yinlarining lingvistik, stilistik hamda pragmatik xususiyatlari haqida ayrim mulohazalar berildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalari hisoblangan latifa, milliy askiya va qiziqchilik san’atining lingvistik va stilistik jihatlari yoritildi. So‘z o‘yinlarining pragmatik xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi namunalari misolida tahlil qilindi. Askiya va qiziqchilik san’atida tinglovchiga kulgi ulashishga sabab bo‘luvchi lingvistik, stilistik, pragmatik usullar, vositalar hamda birliklar haqida fikr yuritildi.
Об авторах
Список литературы
Дусматов Х. Ўзбек миллий сўз ўйинларининг лингвостилистик тадқиқи: Филол. фан. док.(DSc)... дисс. – Фарғона, 2022. –Б. 217.
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 2002. –Б. 41
Ибрагимова Э. Ўзбек тилида ирония ва ироник мазмун ифодаланишининг усул ҳамда воситалари: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Фарғона, 2001. –Б. 20.
Пищальникова В.А. Языковая игра как лингвосинергетичекоеявление // Языковое бытие человека и этноса: психолингвистический икогнитивный аспекты. – Барнаул, 2000. –С. 151
Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. номз... дисс. автореф. – Самарқанд, 1994. –Б. 23.
Safarov. Sh. Pragmalingvistika. Monografiya. - Toshkent. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008, 69-70-b
Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. –Toshkent: Musiqa, 2010. –В. 315.
Соссюр Ф. де Труды по языкознанию.- М.: Прогресс, 1977.
Стилистический энциклопедическийсловарь русского языка. [электронный ресурс] / под ред. М.Н.Кожиной; члены редколлегии: Е.А.Баженова, М.П.Котюрова, А.П.С ковородников. - 2-е изд.,стереотип. — М.: Флинта: Наука, 2011.
Витгенштейн Л. Философскиеисследования//Новое в зарубежной лингвистике. Вып.16.- М., 1985.
Шатрова Т. И. Языковая игра в англоязычных текстах комической направленности: процессы кодирования и декодирования: Автореф. дисс… кан. филол. наук. –Тула, 2006. –С. 24.
Как цитировать

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.