JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARGA KURASH ELEMENTLARINI O‘RGATISH METODIKASI

FULL TEXT:

Abstract

Mazkur maqolada jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarga kurash elementlarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun o‘qitish metodikasi, ularning jismoniy salomatligini yaxshilash, ijtimoiy integratsiyasini oshirish va o‘z-o‘ziga ishonchlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Kurash elementlarini o‘rgatishda individual yondashuv, metodik moslashuvchanlik va psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada jismoniy imkoniyatlari cheklangan talabalarning turlari va ularga moslashtirilgan trening dasturlari ishlab chiqish, texnikalar va mashg‘ulotlar shakllarini modifikatsiya qilish, shuningdek, psixologik motivatsiya va xavfsizlikka alohida e’tibor berish zarurligi ko‘rsatilgan. Bunda talabalar uchun samarali va xavfsiz ta’lim muhiti yaratish, har bir talabaning jismoniy va ruhiy holatini inobatga olish, treninglarda erishiladigan kichik yutuqlarni nishonlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning o‘rni muhim hisoblanadi. Ushbu yondashuvlar jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarga kurashni muvaffaqiyatli o‘rgatishda va ularning umumiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

List of references

Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулияти, дарслик – Т.: ЎзДЖТИ, 2005 йил.

Mirjamolov M.X. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, ўқув қўлланма – Тoshkent: «Oʻzkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy uyi», 2021. – 208 b.

Светличная Н.К. Адаптивная физическая культура и спорт, учибник – Тoshkent: «Oʻzkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy uyi», 2021. – 232 с.

БобомуродовН. Ш., Ташев М. Р. Индивидуально-типологические особенности адаптации юных спортсменов к физическим нагрузкам в скоростно-силовых видах легкой атлетики //academicresearchineducationalsciences. – 2022. – т. 3. – №. 10. – с. 196-201.

Бобомуродов Н. Ш. Юкори малакали курашчиларнинг техник-тактик харакатларини ривожлантириш методикаси //педагогик таълим" илмий-назарий журнал. Тошкент. – 2011.

M. X.Mirjamolov, R. F.Odilov, N. Y.Valiyeva, D. B.Baxtiyorov ko‘rish qobilytida nuqsoni bo‘lgan talabalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish uslubiyati // academicresearchineducationalsciences. 2021. №12.

How to Cite

Anvar Azamat o‘g‘li, A. (2025). JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARGA KURASH ELEMENTLARINI O‘RGATISH METODIKASI. Kokan SPI. Journal of Scientific Reporting, 5(3). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/2605
Views: 2