JADIDLAR BIZNI MUAYYAN TAHDIDLARDAN OGOHLANTIRADI
Abstract
Mazkur maqolada jadidchilik harakatining jamiyat va millat uchun olib kelgan muhim ijobiy o‘zgarishlari, ijtimoiy va ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishdagi roli haqida so‘z yuritiladi. Maqolada jadidchilikning nafaqat ilmiy, balki axloqiy jihatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, jadidlar tomonidan ilgari surilgan yangi dunyoqarashlar, ta’lim va rivojlanishning zarurligi haqida tafsilar berilgan. Jadidlar jamiyatni zamonaviy va rivojlangan davlatlarga yetaklash uchun qanday tahdidlarni aniq bilib, ularga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rganligini ko‘rsatib o‘tadi. Jadidchilik yangilik va o‘zgarishlarni targ‘ib qilishga qaratilgan harakat sifatida maydonga kelgan bo‘lsa-da, uning vakillari G‘arb madaniyatini kо‘r-kо‘rona qabul qilishmagan, aksincha, uni milliy madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratganlar. Bu, ayniqsa, G‘arb madaniyatining ayrim illatlarining milliy qadriyatlar va madaniyat uchun tahdid bo‘lishi mumkinligini anglash bilan bog‘liqdir. Jadidlar G‘arbning yutuqlarini e’tirof etgan bo‘lsa-da, uning salbiy jihatlariga qarshi ehtiyotkorona yondashganlar va milliy madaniyatni saqlashni birinchi o‘ringa qo‘yishgan.
About the Authors
List of references
Dolimov U. Ishoqxon Ibrat. Tanlangan asarlari. – Toshkent.: Ma’naviyat, 2005. 200 b.
Dolimov U. Isoqxon ibrat. – Toshkent.: Sharq, 1994.
Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2012. 160 b.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jildlik. 4-jild. –Toshkent.: Ma’naviyat, 2006. 254 b.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.