TURKIY TIL MANBALARI TILIDA “ODAMGARCHILIK” KONSEPTOSFERASINING LINGVOMADANIY TAHLILI

TO'LIQ MATN:

Referat

Ushbu maqolada XI-XII asr turkiy til manbalari asosida “odamgarchilik” konseptosferasi lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Konseptosfera tushunchasi, uning turkiy tildagi aks etishi va madaniy kontekstdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tilshunoslikda konsept va konseptosfera tushunchalari Ye.S. Kubryakova, V.I. Karasik, V.A. Maslova, A. Vejbitskaya, Ye.V. Vasileka kabi olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligida ham O‘. Yusupov, A. Nurmonov, Sh. Safarov, N. Mahmudov, D.U. Ashurova va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.


D.S. Lixachyov tomonidan ta’kidlanganidek, konseptosfera inson fikrlash doirasi bo‘lib, mental tasvirlardan iborat konseptlarning majmuidan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.


Maqolada “odamgarchilik” konseptosferasi turkiy manbalarda qanday aks etgani tahlil qilinadi. “Odamgarchilik” – insonning axloqiy fazilatlari, insoniylik me’yorlari va qadriyatlarini o‘z ichiga oluvchi konsept sifatida qaraladi. Bu tushuncha qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda qanday aks etgani, uning lingvistik va madaniy jihatlari yoritiladi.


“Qutadg‘u bilig” asarining turli baytlari asosida “odamgarchilik” tushunchasi tahlil qilinadi. Shoir odamgarchilikni axloqiy mezon sifatida belgilab, inson o‘z insoniyligini saqlash uchun muayyan fazilatlarni o‘zida shakllantirishi kerakligini ta’kidlaydi.


Shuningdek, maqolada qadimgi turkiy manbalar, jumladan, DTS (Древнетюркский словарь) va “Devonu Lug‘atit-Turk” asarlari tahlil qilinadi. DTSda “odamgarchilik” so‘zining izohi “kishilik” shaklida keltirilgan va bu tushuncha insoniy axloqiy fazilatlarni ifodalovchi asosiy tushunchalardan biri sifatida talqin etilgan. “Devon”da esa ushbu so‘z keltirilmagan bo‘lsa-da, boshqa manbalardagi izohlar orqali turkiy madaniyatda odamgarchilikning qanchalik muhim tushuncha ekani tushuntiriladi, odamgarchilik bilan bog‘liq asosiy tushunchalar sanab o‘tiladi: mehr-oqibat, insof, adolat, halollik, muruvvat, saxovat, himmat, sabr, kamtarlik, bilim va zakovat. Bu tushunchalar “odamgarchilik” konseptosferasining tarkibiy qismlari bo‘lib, ular orqali insoniylik me’yorlari belgilangan.

Adabiyotlar ro'yxati

Вернадский В. И. Несколько слов о ноосфере // Труды по философии естествознания. – М.: Наука, 2000. – С. 308-315.

Лихачев Д. С. Концептосфера русского языка // Изв. АН. Серия литературы и языка. Т. 52. № 1. – М., 1993. – С. 39.

Zоkirоv M., R.Majidova, Sh.Sultonova O‘zbekcha-ruscha-inglizcha lingvistik atamalar muxtasar lug‘ati Toshkent– 2016 –B.10

Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг (Саодатга йўлловчи билим). Каримов Қ. Транскрипция ва ҳозирги ўзбек тилига тавсиф. –Тошкент: Бадиий адабиёт, 1971. -158 б.

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘ati-t- turk”. Qosimjon Sodiqov nashri. – Toshkent:G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2017.

Ahmad Yugnaki. Hibat ul-haqoyiq – Toshkent: Sharq, 1995.

Древнетюрский словарь Издательство « Наука» Ленинградский отделение –Ст.47. 71

О‘zbеk tilining izоhli lug ‘аti. III,IV, V jildlar. G‘аfur G‘ulоm nоmidаgi nаshriyоt- mаtbаа ijоdiy uyi 2023-yil. 570-571 bеtlаr

Абдужаббарова Ф.А. “Қутадғу билиг”даги шахсга хос сифат лексемалар тадқиқи.Филол. фан. ном. ... дисс. –Тошкент, 2011. –Б.43.

Бахронова Д. Оламнинг лисоний манзараси тасвирида концепт ва концептосфера. Хорижий филология №3, 2019 йил –B. 65.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abdujabbarova Abdunazarovna, F. (2025). TURKIY TIL MANBALARI TILIDA “ODAMGARCHILIK” KONSEPTOSFERASINING LINGVOMADANIY TAHLILI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(2). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/937
Ko'rishlar soni: 4