ASHURALI ZOHIRIYNING XX ASR BOSHLARIDA QO‘QONDA MAORIF TARAQQIYOTINING RAVNAQIGA QO‘SGAN HISSASI
Referat
Jadidchilik o‘zining madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun-mohiyati bilan Turkiston tarixida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oya va amaliy harakat edi. Biroq, 1917-yilgi ketma-ket yuz bergan inqiloblar natijasida yuzaga kelgan siyosiy voqeilik Turkiston jadidlarining oldiga ham o‘ziga xos bo‘lgan bir qator talablarni qo‘ya boshladi. O‘z vaqtida Boymirza Hayit: “Turkistonda sovet hokimiyatining boshlanishi, jadidchilik oldig‘a yana yangi bir vazifani va g‘amni keltirib qo‘ydi. Jadidchilarning oldida endi “Nima qilmoq kerak?” degan so‘roq turar edi. Buning javobi esa, mujodalada qatnashmoq va ayni vaqtda sovetlarning ichiga kirib bu yerda milliy mujodalani muhofaza etmak edi”, deb yozgan holda, zamonning jadidlar oldiga qo‘ygan og‘ir talablarni juda to‘g‘ri anglagan edi. Shu boisdan ham keyinchalik jadidlarning bir qismi milliy istiqlolchilarga qo‘shilgan bo‘lsa, ikkinchi qismi esa sovet hokimiyati idoralariga ishga kirgan holda Turkistonning hur va ozod bo‘lish yo‘lida kurash olib bordilar.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Rajabov Q. Jadidlar – istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnamolari. – T.: “Eldinur” nashriyoti. 1998 yil
Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917-1924 y.). – T.: “Universitet” nashriyoti. 2002.
Zohiriy A. Umumiy kitobxona va qiroatxonaga ehtiyoj // “Sadoyi Farg’ona” gazetasi. 1914-yil 18-iyul.
Rajabov Q. Turkiston Muxtoriyati tarixi. – T.: “Fan” nashriyoti. 2023 yil.
Ho’qandda yangi ochilmish “G’ayrat” kutubxonasinda // “Sadoyi Farg’ona” gazetasi. 1915-yil
Dolimov U. Jadidchilikning tamal toshi // “Jahon adabiyoti” jurnali, 2010 yil, 1-son.
Dolimov U. Rus-tuzem maktablari // “Tafakkur” jurnali. 2010-yil 3-son.
Shokir Muxtoriy. Ho’qand musulmonlarida maktab va o’quv // “Vaqt” gazetasi. 1909-yil, № 508
Ashurali Zohiriy. Imtihonlarni soddalashtirmoq // “Sadoyi Farg’ona” gazetasi. 1914-yil 9-may.
No’shiravon Yarushev. Turkiston ulamosi // “Vaqt” gazetasi. 1917-yil 18-yanvar.
O’zbek madaniyat va maorif xodimlarining o’lka qurultoyi // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 7-aprel.