SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMI ISLOHOTLARI STRATEGIYASINING ISHLAB CHIQILISHI VA UNING ASOSIY YO’NALISHLARI

TO'LIQ MATN:

Referat

Mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini yaxshilash, aholi turmush sharoitlarini yaratish maksadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sogʻligini kafolatlash yunalishida jahon va milliy tajribaga tayanib yagona tizim yaratila boshlandi. Bugungi kunda zamon talabi, aholini ijtimoiy ximoyalash va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun yangicha tamo-yillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda.


   Inson salomatligini yanada mustaxkamlash, sogʻlom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini keng omma oʻrtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, xar bir shaxsning salomatligi oʻz qoʻlida ekanini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, sogʻlom jamiyatni tashkil etish borasidagi ishlarni mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan amalga oshirilib kelindi.


Dastlabki davrlardan boshlab mamlakatmizda ushbu sohani rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida qonun xujjatlari qabul qilindi[1]. Shuningdek aholi salomatligini tiklash hamda mustahkamlash yoʻlida mustaqillikning dastlabki davrlaridayoq mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish zarurati paydo boʻldi va ushbu sohada Oʻzbeksiton Respublikasi birinchi prezidenti Farmoni qabul qilindi.[2]


Oʻzbeksitondagi ushbu jarayonlardagi yangicha tamo-yillarni ishlab chiqish hamda mamlakatimizning  jahon talablariga javob bera oladigan barcha sohalarni  rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi «Oʻzbekiston  Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida» PF-4947-son Farmoni qabul qilindi. Harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi[3]. Shuningdek 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida Koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish maqsadida Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlarini tashkil etish maqsadlari amalga oshirila boshlandi[4].


Yuqoridagi oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar va bu sohani rivojlanishi tarixiga oid boʻlgan masalalarni oʻrganish, sohadagi oʻzgarishlarni aholi turmush tariziga tasirini ilmiy tahlil etish tibbiyot tarix fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.


 


[1] 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning sogʻligini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonun


[2] 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi 2107-son Prezident Farmoni


[3] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida» PF 4947-son Farmoni.


[4] 2022 — 2026 -yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-60-son Farmoni.

Adabiyotlar ro'yxati

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaси. –Toshkent. “Oʻzbekiston. 2021.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-son farmonining 1-ilovasida keltirilgan «2017-2021 -yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi». [Elektron resurs]. http://strategy. regulation.gov.uz/uz/document/2. (Murojaat qilingan sana: 17.11.2017).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasi tugrisida» PF 4947-son Farmoni.

2022-2026 -yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-60-son Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 29 avgustdagi «Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning sogʻligini saqlash tugʻrisida»gi Qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” 2651-son Qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining 1996 yil 21 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari ijtimoiy infrastrukturasini 2000--yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy davlat arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.

O’zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo’mitasi hisobotlari. 2013 yil. –B.43

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Azimova , M. M. (2025). SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMI ISLOHOTLARI STRATEGIYASINING ISHLAB CHIQILISHI VA UNING ASOSIY YO’NALISHLARI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(1), 11–17. https://doi.org/10.70728/kspi.v5i1.79
Ko'rishlar soni: 8