TUT BARGI VA IPAK QURTINING CHIQINDISI TARKIBIDAGI VITAMINLARNI ANIQLASH NATIJALARI.

TO'LIQ MATN:

Referat

Ta’kidlash joizki, 2023-yilda respublika bo‘yicha jami 25,9 ming tonna pilla xomashyosi olingan bo’lib, pillaning 50-60%i ipak qurti chiqindisidan iborat. Oʻzbekistonda har yili 15 ming tonna atrofida ipak qurti chiqindilari olinadi. Ipak qurti chiqindisidan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi sanoatida va oziq-ovqat, dori darmon, kosmetologiya tarmoqlarida katta ahamiyat berilmoqda.


Maxalliy tutlar asosan Xasak va qaychi bargli turlardan iborat edi. Xasak tutning barglari mayda, yaxlit yoki xar xil darajada kesikli, hatto serkesikli (kaychi barg) bo‘lib, hosili kam, ipak qurtiga kesilgan, navdor tutlarga nisbatan bargdagi namlikni fotosintez hisobiga tezroq yuqotadi, bargi tezda dag‘allashadi. Ammo bu tutning afzalligi shundaki, u maxalliy tuproq va iklim sharoitiga o‘ta moslashgan, sovuqqa chidamli va oziqalik sifati yuqori hisoblanadi.


 Lekin bu tut kam hosilli bulishi tufayli tobora rivojlanayotgan pillachilikni yetarli barg bilan ta’min etish qiyinchilik tug’diradi. Shuni xisobga olib O‘zbeskistonda xalq seleksiyasi tomonidan yetishtirilgan serxosil, oziqaviylik darajasi yuqori bo‘lgan jaydari (Balxi, Katlama, Safed, Tojikiston urugsiz) tutlar tanlanib, ulardan ipak qurti boqishda foydalanish ishlari keng ko‘lamda amalga, oshirila boshlandi.


 O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan pillani zamonaviy yuqori sezgir uskunalar yordamida qayta ishlash natijasida olingan ipak qurti chiqindilarining makro va mikroelement tarkibini o‘rganidik va tahlil qildik. Maqolada esa ipak qurti istemoli bo’lgan tut bargi va undan ajraladigan chiqindilarning vitamin tarkibi o’rganildi. Tarkibida mavjud bo’lgan 7 ta vitaminlarning miqdoriy balansi ko’rildi va taxlil qilindi.


Ipak qurti chiqindilari tarkibida muvozanatli miqdorda ozuqa moddalari mavjud: oqsillar va muhim aminokislotalar, yog'lar, polisaxaridlar, ko'p to'yinmagan yog'li kislotalar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar bo’lib, uni to'yingan shaklda ishlatish mumkin. 

Adabiyotlar ro'yxati

A.I. O‘ralov, M.B. Sobirova, D.M. G‘anijonov. Ipak tarkibidagi seritsin nanozarrachasini ajratib olish. International Multidisciplinary Conference “Innovations And Tendencies Of State-Of-Art Science” web: http://ijournal.uz/

N.Yu. Saidahmedova, N.Sh.Azimov. Ipak qurtining quruq chiqindisi tarkibini aniqlash natijalari va mahalliy o‘g‘itlar olishdagi o’rni. Qo’qon DPI Ilmiy xabarlar. №3/24.180-185-bb.

Professor Ibrohimjon Аsqarov. “Sirli tabobat” “Fan va texnologiyalar nashriyot - matbaa uyi”, Toshkent - 2021 yil.

N.Yu. Saidahmedova, D.B. Karimova, M.Yu. Isaqov. Tut bargi, ipak qurti va chiqindisi tarkibidagi elementlarning qiyosiy tahlili. Halq tabobati plyus. Jurnal 4-son 2023y.228-233-bb.

N.Yu. Saidaxmedova. Tut bargi va ipak qurti mineral tarkibining qiyosiy tahlili//Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari mavzusidagi X Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Andijon, 2023, 14-15 sentabr) 260-261-bb.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Saidahmedova Yusupovna, Sodiqov Usmonaliyevich, N. M. (2025). TUT BARGI VA IPAK QURTINING CHIQINDISI TARKIBIDAGI VITAMINLARNI ANIQLASH NATIJALARI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(2). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/743
Ko'rishlar soni: 5