OQOVA SUV TERMINLARIDA POLIFUNKSIONALLIK MUNOSABATI

TO'LIQ MATN:

Referat

Borliq hodisalarini sanoqli so‘z, iboralar orqali ifodalash, son-sanoqsiz ma’nolarni ma’lum miqdordagi birliklar bag‘rida saqlash tilning funksional imkoniyatlarini behad kengaytiradi, foydalanishni qulaylashtiradi. O‘zbek tilida  bir so‘z yoki bir termin umumiste’mol qatlamda ham, turli fan sohalarida ham qo‘llanishi kuzatiladi. Turli sohalarda qo‘llanadigan polifunksional terminlar semantik strukturasida sohaviy ma’nolar ajralsa-da, ular orasidagi semik aloqalar saqlanib qoladi. Polifunksional terminning turli sohalarga doir tushunchalarni ifodalaydigan sememalari o‘zaro birlashtiruvchi semalarga ega bo‘ladi, bu birlashtiruvchi semalarning mavjudligi ularni omonim birliklardan farqlaydi. Polifunksional terminlar fan-texnika, ishlab chiqarishning barcha sohalarida qo‘llanilmoqda. Buni oqova suv terminlari tizimida ham uchratamiz. Maqolada oqova suv va tozalash tizimi terminlarida polifunksionallik hodisasi haqida so‘z yuritiladi. Oqova suv, uni tozalash tizimiga oid polisemantik terminlarning hosila sememalari, polisemantik umumiste’mol leksemalarning terminologik ma’nolari metaforik, vazifadoshlik asoslarda vujudga keladi. Soha terminlar tizimida oqova, uni tozalash tizimiga oid polisemantik terminlarning hosila sememalarini, polisemantik umumiste’mol leksemalarning terminologik ma’nolari metaforik, vazifadoshlik asoslarda kuzatiluvchi  lingvistik hodisalarni o‘rganish terminshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.   

Adabiyotlar ro'yxati

Djalilova A., Xamidov A., Abduqodirov M. Kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash. – Toshkent: Voris, 2012. –B.199.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022.

Khurramova Dilobar. On problems of wastewater and its treatment system terms. В Academic research in modern science (Т.3, Выпуск3). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10575361 C. 223-226

Khurramova Dilobar, Khurramov Mukhtor, Ganieva Sharifa, Nazirov Zulqaynar Energy and resource-saving method for enriching the waste water purified without sufficient purification with oxygen. Chemistry and chemical engineering. 2022. – C. 62-66.

Хуррамов М.Г. и др. Энергосберегающее устройство для выделения волокнистых и грубодисперсных примесей из технологических стоков красильно-отделочного производства //Известия высших учебных заведений. Технология текстильной промышленности. – 2021. – №. 3. – С. 132-135.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Xurramova , D. M. (2025). OQOVA SUV TERMINLARIDA POLIFUNKSIONALLIK MUNOSABATI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(1). https://doi.org/10.70728/kspi.v5i1.627
Ko'rishlar soni: 10