BOLALAR ADABIYOTI ESTETIKASINING RIVOJLANISH TARIXI: JAHON TAJRIBASI VA O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI O‘ZIGA XOS AN’ANALAR
Referat
Mazkur maqolada bolalar adabiyoti estetikasining shakllanish va rivojlanish jarayoni jahon tajribasi hamda o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos an’analari misolida tahlil qilinadi. Avvalo, xalq og‘zaki ijodiga asoslangan ertaklar, dostonlar, eposlar bolalar adabiyotining ilk manbalari sifatida ko‘rib chiqiladi. Keyinchalik yozma shakldagi asarlar, jumladan, Gans Xristian Andersen ertaklari, Sharl Perro ijodiy merosi va L. Kerrollning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asari jahon bolalar adabiyotini tubdan boyitgani alohida ta’kidlanadi. O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishida esa jadid adabiyoti vakillarining o‘quv-tarbiya yo‘nalishidagi asarlari, sovet davridagi ijtimoiy buyurtma mahsuli bo‘lgan, shu bilan birga, barkamol shaxs tarbiyasini ko‘zlagan ijod namunalari, mustaqillik davridagi yangicha mavzu va uslublar muhim o‘rin tutgani ko‘rsatib o‘tiladi. Bolalar adabiyotida bolalar ruhiyatiga mos til va uslub, fantastik unsurlar, tarbiyaviy g‘oya va ijtimoiy mas’uliyat kabi estetik tamoyillar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, globallashuv, raqamli texnologiyalar rivoji fonida bolalar adabiyotining yangi shakl va usullar bilan boyishi, an’anaviy folklor asarlarining zamonaviy talqinlarda davom etishi, bolalar dunyoqarashining kengayishida adiblar zimmasidagi mas’uliyat xususida ham fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Sharq, 1992.
G‘ulom G‘. Shum bola. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.
To‘xtaboyev X. Sariq devni minib. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1979.
Anderson G. X. Ertaklar. – Moskva: Detskaya Literatura, 1975.
Perro Sh. Ertaklar. – Moskva: Hudozhestvennaya Literatura, 1969.
Carroll L. Alisa mo‘jizalar mamlakatida. – Toshkent: O‘qituvchi, 1970 (tarjima).
Sent-Ekzyuperi A. de. Kichik Shahzoda. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1986 (tarjima).