YO'QOTILGAN AVLOD FENOMENINING PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY ASPEKTLARI
Referat
Mazkur ilmiy maqolada “Yo‘qotilgan avlod” tushunchasining psixologik va ijtimoiy tomonlari, shuningdek, uning adabiyot muhitida aks etish mexanizmlari interdisipliner yondoshuv asosida puxta tahlil etiladi. Tadqiqot jarayonida tushunchaning konseptual poydevori, nazariy evolyutsiyasi va tarixiy-ijtimoiy sharoitlar kontekstidagi shakllanishi, shuningdek, ingliz va o‘zbek adabiyotidagi ifodalanish an’analarining o‘zaro munosabatlari keng qamrovda o‘rganiladi. Ushbu ilmiy ishda tarixiy manbaalar, sotsiologik statistikalar, psixologik tajribalar va adabiy tahlil usullari qo‘llanilib, “Yo‘qotilgan avlod” tushunchasining murakkabligi hamda uni ifodalovchi madaniy va ijtimoiy normativlar sinchiklab tahlil qilinadi.
Tadqiqot interdisipliner yondoshuv asosida amalga oshirilib, uning metodologik bazasi tarixiy, sotsiologik va psixologik tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, ushbu maqola nafaqat adabiyotshunoslik doirasida, balki tarix, sotsiologiya va falsafa sohalarida ham “Yo‘qotilgan avlod” tushunchasining integratsiyalashgan ahamiyatini ochib beradi. Badiiy obrazlar, ekzistensial inqiroz, shaxsiy identitet buzilishi va ruhiy travmalar kabi murakkab psixologik omillar, shuningdek, ijtimoiy aloqalar va madaniy normativlarning qayta talqin jarayonlari, ushbu fenomenning adabiyotda aks etishining asosiy o‘ziga xos jihatlari sifatida topiladi,
Xulosalarda, “Yo‘qotilgan avlod” tushunchasining madaniy va ijtimoiy ko‘lamdagi ahamiyati, uning tarixiy evolyutsiyasi va nazariy asoslari, ingliz va o‘zbek adabiyotidagi ifodalanish xususiyatlari chuqur tahlil etildi. Ushbu ilmiy ish orqali “Yo‘qotilgan avlod” tushunchasining adabiyotshunoslik, tarix, sotsiologiya va falsafa nuqtai nazaridan dolzarbligi isbotlanib, uning zamonaviy madaniyat nazariyasidagi o‘rnini yanada kengroq kontekstda tushunilishiga hissa qo‘shildi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Abdurahmonov A. (2002). XX asr tarixida ijtimoiy inqiroz va madaniy transformatsiya. Toshkent: Milliy Nashriyot.
Karimov B. (2007). Urush davrida ruhiy travmalar va ijtimoiy o‘zgarishlar. Toshkent: O‘zbekiston Noshiriyoti.
Raxmatov D. (2005). Adabiyotshunoslikda ekzistensial yondoshuv. Toshkent: Fan va Falsafa Noshiriyoti.
Islomov M. (2010). Ekzistensial inqiroz va adabiyot. Samarqand: Ilmiy Noshir.
Niyozov Z. (2015). Psixologik tahlil va shaxsiy identitet buzilishi. Toshkent: Akademik Noshiriyat.
Murodov R. (2008). Ijtimoiy begonalashuv va madaniy qadriyatlar. Nukus: Qoraqalpog‘iston Noshiriyoti.
Sultonov X. (2012). Adabiy obrazlar orqali ijtimoiy tahlil. Toshkent: Fan va Texnika.