SALITSILAMIDNING Ni(II)NITRAT TUZI BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA KRISTALL TUZILISHI

TO'LIQ MATN:

Referat

Ushbu maqolada [Ni(Sal)2(NO3)2(H2O)2] (Sal-salitsilamid) tarkibli kompleks birikmaning sintezi va uning kristall tuzilishi muhokama qilingan. Sintez qilingan kompleks birikma tarkibi element analizi va tuzilishi rentgen strukturaviy analiz usuli  yordamida o‘rganildi. Nikel tanlangan ligand salitsilamid bilan karbonil guruhidagi kislorod atomi orqali koordinatsiyaga uchrashi, shuningdek koordinatsiyalanishda gidroksil guruhi qatnashmayotganligi rentgen tuzilish tahlili (RTT) usuli yordamida ko‘rsatib berildi. Sintezlangan koordinatsion birikma monokristali o‘stirilib, unga tegishli parametrlar ya’ni bog‘ uzunligi, burchaklar kattaligi va kompleks birikma molekulasidagi atomlar orasida kuzatilayotgan vodorod bog‘lar aniqlandi hamda struktura tahlil qilindi. Sintezlangan kompleks birikmada nikelning koordinatsion soni 6 ga teng bo‘lib, uning gibridlanishi sp3d2 ekanligi aniqlandi. Gidroksibenzamid izomerlari ichidan (2-gidroksibenzamid(L1), 3-gidroksibenzamid(L2), 4-gidroksibenzamid(L3)) ichidan ayrim fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali salitsilamidni tanlab, uni bir nechta oraliq metallar bilan kompleks birikmalari sintezi amalga oshirildi. Natijada, salitsilamidning 3d metallari bilan koordinatsion birikmalarini sintez qilishning yangi usuli yaratildi va keyingi tajribalarda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Adabiyotlar ro'yxati

Xudoyberganov O.I.,Yadgarova M.M., Abdullayeva Z.Sh., Ashirov M.A., Hasanov Sh.B. Kobalt (II) ionining indometatsin bilan kompleks birikmasi sintezi va strukturaviy tadqiqoti // O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch Davlat Universiteti “Kimyoning dolzarb muommolari” mazvusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2024-y. 262-263 betlar.

Xudoyberganov O.I.,Yadgarova M.M., Hasanov Sh.B., Ashirov M.A. Cu(II) ionining, salitsilamid hamda trietanolamin bilan kompleks birikmasi sintezi va kristall tuzilishi // FarDU. Ilmiy xabarlari.-2024.-№ 5. 61-68 b. https://journal.fdu.uz

ResearchGate: https://www.researchgate.net, link.springer.com

E. Furia. Study of Complexation Equilibria Between the Iron(III) Ion and 2-Hydroxybenzamide in Aqueous Solution // August 2017. Journal of Solution Chemistry 46(8). DOI:10.1007/s10953-017-0665-0

Raffaella Porto, Emilia Furia. On the Complexation of Copper (II) Ion with 2-Hydroxybenzamide // February 2007. Annali di Chimica 97(3-4):187-98. DOI:10.1002/adic.200790004

Göktürk, T., Topkaya, C.G., Hökelek, T. et al. Serendipitous Synthesis of an Octahedral Ni(II) Complex: Single Crystal Structure, Hirshfeld Surface and Voids Analysis. J Struct Chem 65, 15–27 (2024). https://doi.org/10.1134/S0022476624010025

Hirihattaya Phetmung, Anitsara Nucharoen. Synthesis, structure, spectroscopy, thermal analysis and electron spin resonance of classical paddle–wheel binuclear and unusual polynuclear copper(II) compounds with benzoate and salicylamide // Polyhedron. Volume 173, 15 November 2019, 114121. https://doi.org/10.1016/j.poly.2019.114121

Ashurov J.M., Ibragimov A.B., Ibragimov B.T. Mixed-ligand complexes of Zn(II), Cd(II) and Cu(II) with triethanolamine and p-nitrobenzoic acid: Syntheses and crystal structures // Polyhedron, 2015, -V.102, -P.441–446.

Савицкая Л.К. Рентгеноструктурный анализ: учебное пособие// Томск: СКК-Пресс, 2006, стр.274.

Macrae C.F, Bruno I.J, Chisholm J.A. et. al. Mercury CSD 2.0 – new features for the visualization and investigation of crystal structures // J. Appl. Cryst. -2008. –V.41. -P.466-470.

Sheldrick G.M.// ActaCrystallogr. -1990. - A46. P.467-473.

Sheldrick G.M. // SHELXS97, SHELXL97, Programs for Crystal Structures Solution and Refinement, University of Göttingen, Göttingen, Germany. 1997.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Xudoyberganov Oybek Ikromovich, Abdullayeva Zubayda Shavkatovna, Y. M. M. Y. M. M. (2025). SALITSILAMIDNING Ni(II)NITRAT TUZI BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA KRISTALL TUZILISHI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(1). https://doi.org/10.70728/kspi.v5i1.193
Ko'rishlar soni: 4