OLIY TA’LIMDA BOTANIKA VA GEOGRAFIYA FANLARINING INTEGRATSIYASI (“O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI VA EKOLOGIK MORFOLOGIYASINING BA’ZI MASALALARI” MAVZUSI MISOLIDA)

TO'LIQ MATN:

Referat

Ushbu maqolada integratsiya tushunchasi, uning pedagogikaga kirib kelishi, mazmun-mohiyati qisqacha ifodalangan. Ushbu maqola orqali botanika va geografiya fanlari misolida pedagogik integratsiyaning amliy ahamiyatini qisqacha ochib berish maqsadga muvofiq deb topildi. Maqolaning asosiy qismi sifatida botanika fanining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan o‘simliklarning hayotiy shakllari mavzusini yoritishga doir topshiriq namunalari belgilandi va bu topshiriqlarni bajarish davomida talabalarda mavzusini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi sezilarli o‘sishi aniqlandi. Oliy ta’lim darsligi misolida botanika va geografiya fanlarining integratsiyasi, ayrim integrativ topshiriqlar, ularning darslarda qo‘llash o‘rinlari ko‘rib chiqildi. Maqolada geografik atamalar, ularni talabalarga qisqacha  ochib berishda foydalaniladigan metodlar, shuningdek, biologiya o‘qituvchisi uchun integrativ darslarga tayyorgarlik ko‘rishda kerak bo‘ladigan tayanch bilimlar izohlab berildi. Talabalar uchun tuzilgan integrativ topshiriqlarning ularni bilimlarini baholashda, o‘zlashtirganlik darajalarini aniqlashdagi o‘rni amaliy o‘rganib chiqildi.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Qayumova Karim qizi, M. (2025). OLIY TA’LIMDA BOTANIKA VA GEOGRAFIYA FANLARINING INTEGRATSIYASI (“O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI VA EKOLOGIK MORFOLOGIYASINING BA’ZI MASALALARI” MAVZUSI MISOLIDA). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(2). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/1624
Ko'rishlar soni: 2