BADIIY MATNDA DINIY LEKSIKANI TARJIMA QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR: DEN BRAUNNING “DA VINCHI SIRI” VA “IBTIDO” ROMANLARI MISOLIDA

TO'LIQ MATN:

Referat

Maqolada Den Braunning "Da Vinchi siri" va "Ibtido" kabi romanlaridagi diniy leksikaning tarjimasi vaqtida uchraydigan muammolari ko‘rib chiqiladi. Asosan, romanlar syujetining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan diniy atamalar, ramzlar va tarixiy-madaniy kontekstlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan maxsus qiyinchiliklarga e’tibor qaratiladi. Turli madaniyatlarda diniy tushunchalarni qabul qilishdagi tafovutlar ayniqsa orginal matnni o‘zbek kitobxonlari uchun moslashtirish jarayonidagi tarjima strategiyalarining ta’siri koʻrib chiqiladi. Tadqiqotning muhim qismi sifatida tarjimonlarning Muqaddas Graal, katolik cherkovining aqidalari, masonlik ramzlari va Braunning asarlarida ko‘tarilgan falsafiy-diniy g‘oyalar kabi madaniy jihatdan muhim tushunchalarni ekvivalent tarzda yetkazish masalasiga qanday yondashilganligi o‘rganiladi.


Moslashtirishning asosiy usullari – transfromatsiya, izohli tarjima va lokalizatsiya hamda ularning muallif fikrini kitobxonga yetkazilishidagi ta’siri oʻrganiladi. Ayniqsa, original matnning orginalligini saqlash va uni turli madaniy hamda diniy tasavvurlarga ega auditoriya uchun tushunarli qilish o‘rtasidagi muvozanatni topish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu  maqolada badiiy asarlardagi diniy ramziyat bilan ishlashda tarjima qarorlarining ahamiyati va ularning Den Braun romanlarini madaniyatlararo qabul qilish va talqin qilish jarayonidagi roli ta’kidlanadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

“Do Vinchi siri” Den Braun. Raximov M., Sobirov B. rus. tarj.T:.2007

“Ibtido” Den Braun. O G’ulomova tar. Asaxiy T:.2021

“Происхождение”/ Ден Браун. Перев с анг. И.Болычев. AST Publishers/Москва: 2017.

“Код До Винчи”/ Ден Браун. Изд.Act/Москва: 2004 Гл.55

Васильева, И. М. Символизм в литературе: Теория и практика перевода. Москва: Либроком, 2010.

Brown, Dan. The Da Vinci Code. Doubleday, 2003.

Brown, Dan. Ibtido. Doubleday, 2013.

Raxmatova, S. A. (2022). Shon O’Keysi asarlaridagi g’oya va badiiylik. Science and Education, 3(11), 1367-1371.

Raxmatova S. Jahon bestseller romanlari muallifi den braunning ijod yoʻli. Zamonaviy til fanlari: an’analar va istiqbolliyo‘nalishlar respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari 28.11.2024., Samarqand. 298 b.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Raxmatova , S. (2025). BADIIY MATNDA DINIY LEKSIKANI TARJIMA QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR: DEN BRAUNNING “DA VINCHI SIRI” VA “IBTIDO” ROMANLARI MISOLIDA. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(2). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/1184
Ko'rishlar soni: 4