DEKONSTRUKSIYA VA TARJIMA TADQIQOTLARI

TO'LIQ MATN:

Referat

Dekonstruksiya tarjimaning mohiyati xususida hozirga qadar shakllanib ulgurgan  qat’iy tushunchalarni turg‘un holatdan noturg‘un holatga olib o‘tish xususiyati bilan soha mutaxassislarini o‘ylab ko‘rishga majbur qiladigan tushunchalardan biridir. Dekonstruksiyaning yana bir bahsli jihati shundaki, u mutlaq tarjimaning imkonsizligini ta’kidlash bilan birga tarjima nazariyasi bilimlari mutlaq tarjimaga olib bormasligini ham ilgari suradi.  Shu bilan birga Derrida tarjimaning o‘ta zarurligini ham ta’kidlaydi va shu orqali muqobilini topib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ham muqobilni topish hamda tarjima qilinmaydigan tushunchalarni tarjima qilish zarurligi nazariyasini olg‘a suradi. Dekonstruksiya tarjimaning murakkabligini uning tabiati va amaliyotining o‘zgaruvchanligi va chalkashligi bilan bog‘liq holda qamrab oladi va yoritib beradi. Derrida o‘zining chuqur nisbiylik va ochiq-oydinlik tomonlarini kuzatishiga qaramay, o‘zi va boshqa olimlar tomonidan qayta-qayta ta’kidlanganidek, to‘liq erkin talqinni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ushbu maqola tarjima konteksti tartibga soluvchi rol o‘ynashini va Derrida tarjimani ham mumkin, ham mumkin emas, ham hurmatli, ham suiste’mol qilingan deb ta’riflagan tushunchalarni ochib berishni maqsad qiladi. Derridaning tarjima “mavjud bo‘lgan narsa”dan ko‘ra “mavjud bo‘lmagan narsa” haqida ko‘proq aytib beradi degan chuqur fikridan ilhomlanib, ushbu maqola tarjimada ma’noning ko‘p qirrali ta’sirlarini va turli xil ifoda usullarini yoritib beradi. Bu nazariya turli ma’nolar tovlanishi, tarjima strategiyalari va usullarini o‘rganish hamda kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida qo‘llanilishi mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati

Pym, Anthony (1995), ‘Doubts about Deconstruction as a General Theory of Translation’, TradTerm (São Paulo) 2, pp. 11–18.

Venuti, Lawrence (2000), The Translation Studies Reader, London and New York: Routledge. 5p.

Derrida, Jacques (2013), Signature Derrida, Chicago: University of Chicago Press. 356p.

Derrida, Jacques and Lawrence Venuti (2001), ‘What Is a “Relevant” Translation?’, Critical Inquiry 27: 2 (Winter), 368p.

Venuti, Lawrence (1992), Rethinking Translation: Discourse, Subjectivity, Ideology, London and New York: Routledge. 7p.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ruzimurodova Dustmurod qizi, F. (2025). DEKONSTRUKSIYA VA TARJIMA TADQIQOTLARI. Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 5(2). Retrieved from https://ilmiyxabarlar.kspi.uz/index.php/journal/article/view/1153
Ko'rishlar soni: 5