POETIK NUTQDA XIAZM USULI
Referat
Ushbu maqolada xiazm usulining poetik nutqdagi o‘rni, uning stilistik va sintaktik jihatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Xiazm – qo‘shma gaplarni shakllantiruvchi sintaktik-stilistik vosita bo‘lib, unda gap tarkibiy qismlarining joylashuvi teskari tartibda bo‘lishi talab etiladi. Bu usul poetik nutqning ta’sirchanligi va ifoda vositalarining estetik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Xiazm usuli, asosan, badiiy adabiyot va jonli nutq uslubida uchraydi hamda stilistik takrorning murakkab shakllaridan biri sifatida nutqning ohangdorligi va ma’nodorligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqotda xiazm usulining turli ko‘rinishlari misollar asosida ko‘rib chiqilib, uning leksik va sintaktik variantlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xiazm usulining tilshunoslikdagi tadqiqotlari, uning poetik nutqdagi samaradorligi va stilistik funksiyasi o‘rganilib, badiiy matn yaratishda tutgan o‘rni yoritiladi. Xiazmning xalq og‘zaki ijodi poetikasiga xosligi, uning tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini jalb etishdagi roli ham alohida ta’kidlanadi. Maqolada xiazm usulining tarixiy asoslari, lingvopoetik tavsifi va qo‘llanilish xususiyatlari atroflicha yoritilib, u stilistik vosita sifatida qanday ishlashi aniq misollar asosida izohlanadi.
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Абдураҳмонов Ғ. (1994). Ёзма нутқ услубини яратувчи воситалар. Ўзбек тили ва адабиёти, 3-сон, 23-22 бб.
Квятковский А.К. (1966) Поэтический словарь. – М., 1966, с.325.
Курбонов Т.И. (1987). Публицистический стиль сов.узб.лит.языка. Автореф. дисс.канд.наук.- Т., с. 17.
Мирзаев И.К. (1992). Проблемы лингвопоэтической интерпретации стихотворного текста (на материале современной узбекской поэзии). Автореф.дисс.д-ра филол.наук.-Т., 1992, с. 37.